Интересное
Phu Quoc bilan ilk tanishuv
Phu Quoc — 2024 yilning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, Qozog‘istonlik sayyohlar uchun hanuz kam tanish. Vetnam hukumati orolni yetakchi plyaj kurortiga aylantirishni maqsad qilgan bo‘lib, buning uchun zamonaviy yo‘llar, turli xil yashash va ovqatlanish variantlari, shuningdek sayyohlar uchun ko‘plab qiziqarli maskanlar yaratilmoqda. Orol o‘zining sut rangidagi plyajlari bilan mashhur bo‘lib, aynan shu sababli u “Marvarid oroli” nomini olgan. Phu Quoc tabiiy diqqatga sazovor joylar va zamonaviy turistik imkoniyatlarni uyg‘unlashtiradi, bu esa uni sayohatchilar uchun jozibador yo‘nalishga aylantiradi. Phu Quoc’da nimalar bilan shug‘ullanish mumkinligi va sayohatingizni qanday qilib unutilmas qilish haqida batafsil bizning maqolamizda o‘qing.
Diving
Shimolda joylashgan eng mashhur maskan — Toshbaqa oroli (Hon Doi Moi). Orol o‘z nomini qirg‘oqbo‘yi suvlarida yashovchi yashil dengiz toshbaqalari (Chelonia mydas) tufayli olgan. Dayverlar bu yerda sho‘ng‘ib, ushbu noyob jonzotlarni ularning tabiiy muhitida kuzatishlari mumkin. Toshbaqalardan tashqari, bu suvlarda barrakudalar, qanotli baliqlar (lionfish), skat baliqlari, kapalak-baliqlar, uchuvchi baliqlar va mayda mollyuskalar uchraydi.
Orolning janubida joylashgan An Thoi arxipelagi 15 ta kichik orolchadan iborat bo‘lib, Phu Quoc’dagi asosiy dayving hududi hisoblanadi. Bu yerning tiniq suvlari suv osti fotosuratlari uchun ideal sharoit yaratadi. Ayniqsa Fingernail Island (“Barmoq oroli”) alohida e’tiborga loyiq — uning suv osti olami murakkab g‘orlar va yo‘laklardan iborat labirintni eslatadi.
An Thoi’dan 8 kilometr uzoqlikda joylashgan Ananas oroli tajribali dayverlar uchun must-visit maskandir. Chuqur suvlar murakkab sho‘ng‘ishlar uchun qulay, biroq bu yerda oqim kuchli bo‘lgani sababli ehtiyotkorlik talab etiladi. Bu hududda yirik tunetslar, barrakudalar va omad kulib boqsa, kit akulalarini ham uchratish mumkin. Orol qoyali tuzilmalari va suv osti g‘orlari bilan mashhur bo‘lib, Instagram uchun juda qiziqarli suratlar olish imkonini beradi.
Noyob oshxona
Baliq sousi — vetnam oshxonasining yuragi bo‘lib, taomlarga o‘ziga xos va boy ta’m bag‘ishlaydi. Nuok nam anchous baliqlarini tuz bilan birga bir necha oy, ba’zan esa bir necha yil davomida fermentatsiya qilish orqali tayyorlanadi. Natijada to‘q sariq-jigarrang tusdagi, kuchli ta’mga ega suyuqlik hosil bo‘ladi. Sous shaffofligi, muloyim va biroz shirinimsiragan ta’mi bilan ajralib turadi. Phu Quoc nuok nami bilan ayniqsa mashhur, chunki u toza dengiz suvi va an’anaviy tayyorlash usullari sabab Vetnamdagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Shu bois uni ko‘pincha suvenir sifatida ham olib ketishadi.
Vetnam gastronomiyasining yana bir vizit kartochkasi — banh xeo yoki “shivirlovchi blinchik”dir. U qizigan tovaga solinganda xamir chiqaradigan tovushi sabab shunday nom olgan. Banh xeo guruch uni, kokos suti va zarchavadan tayyorlanadi, ichiga esa tovuq yoki cho‘chqa go‘shti, krevetkalar, loviya nihollari, ko‘k piyoz va qo‘ziqorinlardan iborat nachinka solinadi.
Mahalliy taomlarni to‘liq his qilish uchun kechqurun tungi bozorlarga borishni tavsiya qilamiz. Ulardan biri — Phu Quoc Night Market, qulay joylashuvi sabab sayyohlar orasida eng mashhurlaridan. Bu yerda 50 dan ortiq rastada yangi dengiz mahsulotlari va qovurilgan yopishqoq guruch, ipak shirinliklar hamda qora murch kabi maxsus taom va mahsulotlarni topish mumkin.
Tarixiy ibodatxonalar va pagodalar
Eng qadimiy pagodalardan biri — Sung Hung Co Tu Budda pagodasi hisoblanadi. U o‘tgan asrning 1920 va 1960-yillarida qayta ta’mirlangan. Pagoda devorlari ortida ajib nafis darvozalar qad rostlagan bo‘lib, ular ajdarho va feniks naqshlari bilan bezatilgan to‘lqinli koshinlar bilan qoplangan. Ichki makon muloyim yorug‘likda go‘yo jonlanib ketgandek tuyuladigan nafis o‘yma haykallar bilan to‘ldirilgan. Sung Hung pagodasi noyob artefaktlar xazinasi sanaladi. Bu yerda qadimiy qo‘ng‘iroq, nafis xattotlik bilan yozilgan baytlar, oltin bilan bezatilgan lavhalar va rang-barang pannolarni ko‘rish mumkin.
Orol markazida, tungi bozor yaqinida joylashgan qoyada 300 yillik Dinh Cau ibodatxonasi qad rostlagan. Uni hech bo‘lmaganda shu yerdan ochiladigan betakror quyosh botishi manzaralari uchun ham ziyorat qilishga arziydi. Dinh Cau mahalliy baliqchilar orasida muqaddas maskan sifatida mashhur. Afsonaga ko‘ra, qadimda orol atrofida suzib yurgan baliqchilar kuchli bo‘ronlar sabab halok bo‘lishgan. Kunlarning birida dengiz o‘rtasida baland qoyali qir paydo bo‘lib, baliqchilar uchun yo‘l ko‘rsatuvchi belgi vazifasini o‘tagan va ularni uyga qaytishga yo‘naltirgan. Bugungi kunda orol aholisi bu ibodatxonani e’zozlab, tinch dengiz va sokin to‘lqinlar tilab ibodat qiladi. Uni ayniqsa har bir Oy yangi yilida ziyorat qilishadi.
Hashamatli plyajlar
На юго-западе Фукуока расположен пляж Бай Труонг, который простирается почти на 20 километров. Его побережье разделено на несколько участков, украшенных скалами, зелеными рощами и уютными рыбацкими деревнями.
Bai Dai plyaji orolning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, o‘zining buzilmagan tabiiy go‘zalligi bilan mashhur. Oltinrang qumi va tiniq suvlari bu joyni Phu Quoc’dagi eng sokin va tinch maskanlardan biriga aylantiradi. Plyaj bo‘ylab cho‘zilgan Tran Hung Dao ko‘chasi esa kurortlar, restoranlar va mehmonxonalar bilan tanilgan bo‘lib, oroldagi eng jonli hududlardan biri hisoblanadi.
Bu yerga dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar tashrif buyuradi, chunki aynan shu plyajdagi quyosh botishlari Vetnamdagi eng chiroylilaridan biri sanaladi. Qum ustida yoki plyaj barida o‘tirib, quyoshning asta-sekin ufq ortiga, go‘yo suv ostiga singib ketgandek botishini tomosha qilish — unutilmas taassurot bag‘ishlaydi.
Dengiz yulduzlari plyaji Vetnamdagi eng mashhur plyajlardan biri hisoblanadi. Uzunligi 7 kilometr bo‘lgan bu plyaj yarimoy shaklida egilgan. Uning oppoq, mayin va silliq qumi qaymoqni eslatadi, shu sababli ayrim sayyohlar uni hatto esdalik suvenir sifatida olib ketishga urinadi. Biroq plyajning eng asosiy o‘ziga xosligi — uning tubini bezab yotgan yorqin to‘q sariq dengiz yulduzlaridir. Ularni ushlash yoki ko‘tarish qat’iyan man etiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu Phu Quoc’dagi yagona plyaj bo‘lib, qirg‘og‘i fil suyagi rangida va boy flora hamda faunaga ega.
Ko‘ngilochar maskanlar
Phu Quoc orolidagi Vinpearl Safari — Vetnamdagi birinchi yarim-erkin (poludikiy) bog‘ bo‘lib, 380 gektar maydonda joylashgan. Bu yerda dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan 150 dan ortiq hayvon turlari va 1200 ga yaqin o‘simliklar yashaydi. Park ikki hududga bo‘lingan: ochiq hayvonot bog‘i, unda mehmonlar karkidonlar, oq sherlar va lemurlarni ko‘rishlari mumkin; shuningdek safari zonasi, bu yerda ekskursiyalar avtobuslarda o‘tkaziladi va hayvonlar o‘z tabiiy muhitida erkin harakatlanadi.
Bog‘da bolalar uchun Kid Zoo kabi interaktiv shoular, hayajonli zulu raqslari va yo‘lbarslar, sherlar hamda leopardlarni o‘z ichiga olgan yovvoyi tabiatni kuzatish imkoniyati mavjud.
Aynan mana shunday noodatiy mashg‘ulotlar va maskanlar Phu Quoc’ni nafaqat go‘zal orolga, balki ko‘plab betakror taassurotlar taqdim etadigan yo‘nalishga aylantiradi.





Azerbaycan
BAA
Chernogoriya
Gruziya
Indoneziya, Bali
Janubiy Koreya
Kruizlar
Malayziya
Maldiv orollari
Misr
Mavrikiy
Qatar
Qozog’iston
Seyshel orollari
Singapur
Shri-Lanka
Tailand
Turkiya
Ummon
Vetnam

