TURISTLAR UCHUN SUGʻURTA
OʻZBEKISTONDAN PARVOZ QILUVCHI TURISTLAR UCHUN
 (NEO Incuranse)

O’zbekistondan jo’nab ketadigan  sayyohlar uchun sayohat sug’urtasi

O’zbekistondan jo’nab ketayotgan sayyohlar uchun sug’urta polisi, agar ushbu xizmat arizasiga qo’shilib, sug’urta polisi rasmiylashtirilsa, amal qiladi.
Sug’urta polisi faqat sayohat boshlanishidan oldin, pasportdagi barcha ma’lumotlar to’g’ri bo’lsa va ariza to’liq to’langan taqdirda rasmiylashtiriladi.
Sug’urta miqdori har bir kishi uchun 30 000 evro

Ushbu tibbiy sug‘urta quyidagi turli kasalliklar va holatlarni qamrab oladi, jumladan:

  1. Shoshilinch tibbiy yordam: zudlik bilan aralashuvni talab qiladigan o‘tkir kasalliklar va jarohatlarni davolash.
  2. Gospitalizatsiya: shifoxonada yotish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan yotoq o‘rni, davolash va tibbiy muolajalar.
  3. Ambulator davolanish: shifokor ko‘riklari, diagnostika va shifoxonadan tashqari davolanish.
  4. Operatsiyalar: jarrohlik aralashuvlari xarajatlarini qoplash (agar operatsiyani Vatanga qaytgunga qadar kechiktirib bo‘lmasa, masalan, appenditsit va shu kabi holatlarda).
  5. Dori-darmonlar: shifokor tomonidan belgilangan dori vositalari xarajatlari.
  6. Tez-tibbiy yordam: transportirovka va shoshilinch tibbiy yordam.
  7. To‘satdan yuzaga kelgan kasalliklar: safar oldidan ma’lum bo‘lmagan kasalliklarni qoplash (gripp, kuyishlar, quyosh urishi va boshqalar).
  8. Shoshilinch stomatologik xizmatlar: kechiktirib bo‘lmaydigan stomatologik muammolarni davolash.

Shuningdek, quyidagilar ham qamrab olinadi:

  • Yuqumli kasalliklar.
  • Baxtsiz hodisalar va jarohatlar.
  • Surunkali kasalliklar: safar davomida zo‘raygan holatlar (limit — 700 yevro).

Sug‘urtalovchi quyidagi holatlar natijasida bevosita yoki bilvosita yuzaga kelgan xarajatlarni qoplamaydi:

— terrorchilik harakati (yakka shaxs yoki bir guruh shaxslar tomonidan, mustaqil ravishda yoki biror tashkilot, hukumat bilan bog‘liq holda yoki ularning nomidan siyosiy, diniy, mafkuraviy yoki etnik sabablar bilan kuch ishlatish, zo‘ravonlik yoki ularni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali amalga oshiriladigan hamda hukumatga ta’sir ko‘rsatish yoki jamiyatga yoxud uning bir qismiga tahdid solish maqsadini ko‘zlagan harakat), shu jumladan terrorchilik harakatining oldini olish bo‘yicha tadbirlar natijasida yetkazilgan zarar;

— urush harakati, chet el dushmanining bostirib kirishi, harbiy harakatlar (urush e’lon qilingan yoki qilinmaganidan qat’iy nazar), fuqarolar urushi, qo‘zg‘olon, inqilob, isyon va fuqarolik tartibsizliklari;

— sug‘urtalangan shaxsning garov (qimor ) va jinoyatlarda ishtiroki, shuningdek janjal oqibatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar, bundan fuqarolik burchini bajarish yoki o‘zining (yoki uchinchi shaxslarning) hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish bilan bog‘liq harakatlar mustasno;

— transport vositasini alkogol, giyohvand, toksik yoki boshqa mast holatda va/yoki transport vositasini boshqarish uchun tegishli ruxsatnoma/huquqsiz boshqarish natijasida, shuningdek sug‘urtalangan shaxs tomonidan transport vositasini yuqorida ko‘rsatilgan holatda va/yoki tegishli ruxsatnoma/huquqsiz shaxsga topshirish oqibatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar (sug‘urta dasturidan qat’iy nazar);

— sug‘urtalangan shaxs tomonidan qonunga xilof harakat sodir etilishi natijasida sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan bo‘lsa;

— sug‘urtalangan shaxsning sog‘lig‘i holati yoki unga ko‘rsatilgan tibbiy va ular bilan bog‘liq xizmatlar haqida ataylab yolg‘on ma’lumot saqlovchi hujjatlar taqdim etilishi;

— sug‘urta hodisasi yuzaga kelganini va u sababli yetkazilgan zararlar hajmini tasdiqlovchi zarur hujjatlarning taqdim etilmasligi;

— O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

— Ushbu Qoidalar shartlariga muvofiq, Sug‘urtalovchi javobgarlikdan ozod etiladi va bilvosita zararlar, olinmay qolgan foyda, penya, jarimalar, neustoykalar hamda boshqa moliyaviy sanksiyalarni qoplamaydi.

Sug‘urta hodisasi yuz berganda, Turist polisda ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali sug‘urta kompaniyasi bilan bog‘lanishi lozim.

Agar turist u yoki bu sababga ko‘ra tibbiy xarajatlarni mustaqil ravishda (dam olish mamlakatida) to‘lagan bo‘lsa, quyidagilar zarur:

  1. Hujjatlarni saqlab qolish:

— tibbiy xizmatlar uchun to‘lovni tasdiqlovchi cheklar va kvitansiyalar;
— tibbiy hisobot (raport) va shifokor ko‘rsatmalari;
— dori-darmonlarni xarid qilish uchun retseptlar.

  1. Sayohatdan qaytgan kundan boshlab 30 kun ichida sug‘urta kompaniyasining ofislarida yoki Neo Insurance mobil ilovasi orqali kompensatsiya olish uchun ariza to‘ldirish.
  2. Arizaga ilova qilish: klinikadan olingan hujjatlar, sug‘urta polisi va pasport.
  3. Mazkur ariza barcha yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun ichida sug‘urta kompaniyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.