Интересное
Dunyo oshxonalarining betakror ta’mlarini namoyish etuvchi Dubaydagi 4 ta Michelin yulduzli restoran
Biz Dubayni odatda futuristik osmono‘par binolar va hashamatli plyajlar bilan tasavvur qilamiz, biroq ko‘pchilik uni nafis taomlar ixlosmandlari uchun haqiqiy jannat ekanini e’tibordan chetda qoldiradi. Shahar dunyoning eng yirik gastronomik markazlari Top-10 taligiga kiradi. Bu yerda deyarli hamma narsani tatib ko‘rish mumkin — Yaqin Sharqning noodatiy ta’mlaridan tortib, Osiyo, Yevropa va dunyoning boshqa mintaqalariga xos gurme taomlargacha. Michelin rasmiy saytiga ko‘ra, Dubayda 86 ta Michelin yulduziga ega restoran mavjud. Shu sababli biz siz uchun ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlangan, turli oshxonalarni namoyish etuvchi maxsus restoranlar tanlovini tayyorladik.
Dinner by Heston Blumenthal ⭐
Bir Michelin yulduziga ega Dinner by Heston Blumenthal restorani Atlantis The Royal mehmonxonasida joylashgan. Gastronomiya rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Britaniya Imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan mashhur shef Heston Blumenthal mehmonlarga XIII asr Britaniya oshxonasiga o‘z nigohi bilan qarashni taklif etadi. U menyuni yaratish jarayonida qirol Richard II saroy oshpazlarining qadimiy oshxona kitoblarini yillar davomida o‘rgangan, Londonning Britaniya kutubxonasidagi tarixiy manbalarni tadqiq qilgan hamda Lyuis Kerroll va uning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” asaridan ilhom olgan. Hestonning eng mashhur taomlari qatoriga Meat Fruit — mandarin jelesi bilan qoplangan tovuq jigari va fua-gra parfesi, shuningdek Tipsy Cake — XVIII asrdan meros bo‘lgan, vertelda qovurilgan ananasli desert kiradi.
Moonrise ⭐
Torno Subito ⭐
Mashhur shif Massimo Bottura tomonidan Italiyadan tashqarida ochilgan ilk restoran — Torno Subito — Palm Jumeirah orolida joylashgan. Restoranning italyancha menyusida nafaqat hammaga manzur bo‘lgan pitsa, balki pishloq va qora murch bilan tayyorlanadigan cacio e pepe pastasi, rikotta va lazanya bilan to‘ldirilgan ravioli, frityurda qovurilgan kalmarlar hamda restoranning maxsus deserti — tiramisubito mavjud. Shifning o‘zi alohida tavsiya qiladigan taom — apelsin glazuri bilan pishirilgan qo‘zi go‘shti bel qismi. Va, albatta, bu taomlarni bir qadah prosekko bilan tatib ko‘rish tavsiya etiladi.
Tresind Studio ⭐⭐
Tresind Studio — yana bir restoran bo‘lib, u ham Palm Jumeirah orolida joylashgan, biroq bu safar e’tibor markazida zamonaviy hind oshxonasi turadi. Menyuga jasoratli tajribalardan cho‘chimaydigan shif Himanshu Saini mas’ul. Restoran jamoasi ijodiy va estetik servirovkaga katta ahamiyat beradi — taomlar go‘yoki Instagram uchun yaratilgandek taassurot qoldiradi. Mehmonlar orasida eng mashhur taom — pani puri: gazak sifatida tortiladigan, xamirli, qarsildoq yupqa nonchalar. Tresind Studio ichimliklar kartasida esa tabiiy vinolarga alohida e’tibor qaratiladi. Uzum sharbati faqat an’anaviy usullar va tabiiy xamirturush yordamida achitiladi, deyarli filtrlanmaydi va konservantlar qo‘llanilmaydi.





Azerbaycan
BAA
Chernogoriya
Gruziya
Indoneziya, Bali
Janubiy Koreya
Kruizlar
Malayziya
Maldiv orollari
Misr
Mavrikiy
Qatar
Qozog’iston
Seyshel orollari
Singapur
Shri-Lanka
Tailand
Turkiya
Ummon
Vetnam

