yangiliklar

Dohada qayerda to‘xtash mumkin: Sizning qulay dam olishingiz uchun mehmonxonalar

Doha — Qatar poytaxti va mamlakatdagi eng yirik shahar. Bu yerda zamonaviylik sharq an’analari bilan uyg‘unlashgan: osmono‘par binolar tarixiy bozorlar bilan yonma-yon joylashgan, Kornish sohili esa biznes markazlari va dam olish hududlarini bog‘lab turadi. Qatar poytaxtida dengiz bo‘yida ta’tlni o‘z ritmingizda o‘tkazishingiz mumkin — sermazmun va faol yoki tinch va sukunatda. Safardan yoqimli xotiralar qolishi uchun to‘g‘ri yashash joyini tanlash juda muhim. Quyida biz siz uchun qulaylik va yuqori servis uyg‘unlashgan Dohaning eng yaxshi mehmonxonalarini jamladik.

Doha

Rixos Premium Qetaifan
Island North 5*

Dohadagi sun’iy orolda joylashgan bu dabdabali kurort mehmonxona sizga xususiy plyaj, dunyodagi eng yirik akvaparklardan biri, eksklyuziv mualliftagi restoranlar va “all-inclusive” xizmat turini taklif qiladi. Bu yerda oilaviy dam olishdan tortib, oshxona san’atigacha barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mehmonlar Infinity Lounge basseyni yonida hordiq chiqarishi, Diego Jun Steakhouse’da mazali va qaynoq steyklarni tatib korishi, Brasserie de la Mer’da fransuz oshxonasining nafislihiga mahliyo bolishi yoki Turquoise’da esa turk taomlaridan bahra oling. Lobby Lounge – esa uchrashuvlar, shirin pauza, qahva va shirinliklar uchun ajoyib joy.

Afzalliklari:

  • Xususiy akvapark va plyaj
  • Turli xil restoranlar
  • Zamonaviy dizaynga ega keng xonalar
  • Qulay joylashuv
  • Oila va do‘stlar bilan dam olish uchun mukammal joy
Doha

Rixos Gulf Hotel Doha 5*

Bahr Arabiy sohilida joylashgan plyaj mehmonxonasi “all-inclusive” kontseptsiyasida ishlaydi. Aeroportga yaqinligi uni qisqa safarlar va dam olish uchun juda qulay qiladi. Bu yerdan Arab ko’rfazi va Doha panoramasiga ajoyib kornish ochiladi. Aeroportga yaqinligi uchun bu mehmonxona turistik hordiq va qisqa safarlar uchun mukammal tanlov bo’lib topiladi. Mehmona romantik va oilaviy hordiqlar uchun maxsus zonalarni taklif qiladi.
ZOH Lifestyle Deck’da mehmonlar quyoshda yoki basseynda hordiq chiqarishi mumkin.Crust & Lobby Lounge esa yoqimli shirinliklar va qahva bilan mehmonlarni bahramand qiladi.

Afzalliklari:

  • “All-inclusive” formatdagi plyaj mehmonxonasi
  • Infinity basseyn va dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish
  • 24/7 ishlovchi nonvoyxona va konditerlik
  • Aeroport va shahar markaziga yaqin joylashuv
Doha

Waldorf Astoria Lusail 5*

Lusailda joylashgan bu mehmonxona Waldorf Astoria Lusail bu Arab dengizi sohilidagi dabdabali oazisdir. Mehmonlarga – Akvapark, bolalar va o‘smirlar klubi, kabanalar, katta va keng basseynlar va oliy darajadagi sog’lomlashturuvchi ESPA Life Spa xizmatlari —barchasi mijozlar uchun muhayyo. By Water restoranining franko-amerikacha oshxonasini sizni gastronomik jihatdan lol qoldiradi, Peacock Alley’da esa an’anaviy choy marosimlari bolib o’tadi. Mehmonxonada 7 restoran bolib, har biri mehmonlarga ajoyib va takrorlanmas taassurotlarni kashf etadi.

Afzalliklari:

  • Xususiy plyaj
  • ESPA Life Spa – Yaqin Sharqdagi eksklyuziv kompleks
  • 7 xil restoran
  • Bolalar uchun basseyn va akvapark
  • Balkonli lyuks va keng xonalar
Doha

The Ritz-Carlton Doha 5*

Arab dengizi sohilida joylashgan bu mehmonxona dabdaba va qulaylik namunasi hisoblanadi. Mehmonxona Panoramali oynalar, marmarli vanna, xususiy bog‘lar, plyaj va klub xonalarini mijozlarga taklif qiladi. Mehmonxona hududida – xususiy plyaj, ochiq va yopiq basseynlar va parvarish qilingan bog’lar va shuning bilan birga mehmonlar uchun alohida imtiyozli klubli xonalar. Mehmonlarni didli laundj va 7 xil restoran kutib turadi: fyujn oshxonali didli B-lounge, mazali STK Doha steyk xaus, takrorlanmas fransuz nafislik bilan Sel & Miel va oilaviy Lagoon Restaurant. Bunnan tashqari, shuningdek lobbida 5 o’clock tea bilan bahramand bolsa boladi. Hordiq va davolanish uchun tabiyat va dengiz bilan yog’rilgan “Ritz-Carlton Spa” mavjud bolib, rasmiy uchrashuv va tadbirlar uchun keng zallar va professional tashkillashtirish xizmati bor.

Afzalliklari:

  • Shahar va dengiz manzarasiga qaragan keng va lyuks xonalar
  • 7 xil restoran, jumladan STK va Sel & Miel
  • Yuqori xalqaro darajadagi SPA markaz va zamonaviy fitness
  • Xususiy plyaj, ochiq va yopiq basseynlar
  • Ritz Kids Garden & Farm bolalar kontseptsiyasi
Doha

Sharq Village & Spa,
a Ritz-Carlton Hotel 5*

Sharq Village & Spa – shayx saroyi uslubida qurilgan, Dohaning sohilida joylashgan hashamatli kurortdir. Mehmonxona yuqori darajadagi xizmat va haqiqiy arab mehmondo‘stligi muhitini taklif etadi. Mehmonxonada keng xonalar va lyukslar mavjud bo‘lib, ulardan shahar va ko‘rfazga qaragan panoramali derazalar va balkonlar orqali manzaralarni tomosha qilish mumkin. Ayniqsa, xususiy basseyn va sport zali mavjud bo‘lgan eksklyuziv Royal Villa alohida e’tiborga loyiq.
Bolali oilalar uchun Ritz Kids dasturi ishlab turadi, unda sport o‘yinlari va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar mavjud. “Al Liwan” restoranida livan taomlari va an’anaviy shirinliklar taqdim etiladi.
Kechqurun mehmonlar El Cedro Lounge’da lotin-amerika muhiti va jonli musiqadan bahramand bo‘lishlari mumkin. Mehmonxona hududida xususiy plyaj, basseynlar, zamonaviy fitnes-markaz va premium spa majmuasi mavjud. Milliy Muzey va Souq Waqif bozoriga yaqin joylashuvi Sharq Village & Spa’da dam olishni yanada qulay qiladi. 

Afzalliklari: 

  • Sharqona saroy uslubidagi arxitektura 
  • xususiy plyaj va basseynlar 
  • Premium spa-markaz 
  • Ritz Kids dasturi va oilaviy lyukslar 
  • Dohaning madaniy diqqatga sazovor joylariga yaqinlik 
Doha

Sheraton Grand Doha Resort
& Convention Hotel 5*

Katar poytaxtining yuragida, Corniche sohilida joylashgan afsonaviy mehmonxona. Sheraton Grand Doha kurort dam olishni o’zgacha uyg‘unlashtiradi: derazalardan Arab ko‘rfazining manzaralari ochiladi, shaxsiy plyaj va keng hudud esa yolg‘izlikda hordiq chiqarishga imkon beradi. Mehmonlarga zamonaviy xonalar va lyukslar, klub mehmonxonasi, fitnes-markaz, basseyn va bolalar maydonchasi taklif qilinadi. Shuningdek, mehmonxonada all-inclusive tizimi joriy etilgan. Ish safarlarida bo‘lganlar uchun konferensiya zallari mavjud.
“Sheraton Grand Doha” dagi gastronomiya alohida sayohatdir, chunki bu yerda mehmonlarni 8 ta restoran va laundjlar kutmoqda. Mishlen yulduziga ega “Jamavar” hind oshxonasi ham shular jumlasidan. Bundan tashqari, Sheraton’da eng mazali Umm Ali shirinligi tayyorlanadi. Shuningdek, restoranlar orasida siz “Al Hubara” restorani Qatar va xalqaro taomlarini taklif etadi. Oilalar uchun bu yerda bolalar basseyni, ko‘ngilochar dasturlar, shuningdek eng zo’r restoranlar mavjud. Bolalar qiziqarli mahorat darslari va mashg’ulotlarda qatnashishlari mumkin, kattalar esa spa hududida dam olishlari mumkin. 

Afzalliklari: 

  • Shahar markazida qulay joylashuv 
  • 8 ta restoran, jumladan Jamavar va Irish Harp 
  • Shaxsiy plyaj va ko‘rfaz manzarasiga ega basseyn 
  • Zamonaviy fitnes-markaz va spa-zona 
  • Oilaviy kontseptsiya: ko‘ngilochar dasturlar, bolalar uchun faoliyatlar va all-inclusive 
Doha

Delta Hotels City Center Doha 5*

West Bay biznes hududda joylashgan bu mehmonxona ham dam olish, ham biznes safarlar uchun qulay. Delta Hotels City Center 320 ta xonalar, suitlar va oshxonaga ega to‘liq jihozlangan apartamentlarni taklif etadi. Derazalardan shahar va dengiz manzarasi ochiladi, keng apartamentlar esa butun oila uchun qulaylik yaratadi. Hududda ochiq basseyn, fitnes-markaz va hordiq bag’ishlovchi muolajalar taqdim etuvchi Lotus Spa mavjud.
Mehmonxona gastronomik kontseptsiyasi bir nechta zamonaviy oshxonalarni o‘z ichiga oladi: Osiyo taomlari “Satsuma” restorani, “Shamrock Tavern” irland pab’i, mualliflik qahvasi va shirinliklari bilan “Lewistons kafe”si. Agar mehmonlar faol suv hordig‘ini xohlashsa, mehmonxonadan bir necha daqiqada joylashgan “Katara” plyajida suv ko’ngilochar o’yinlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin. 

Afzalliklari: 

  • Dengiz manzarasiga ega keng xonalar, suitlar va oshxonali apartamentlar 
  • Lotus Spa’da turli xil muolajalar va zamonaviy fitnes-markaz 
  • Ochiq basseyn 
  • To‘rtta restoran va lounge, jumladan Shamrock Tavern va Satsuma 
  • West Bay markazida qulay joylashuv, asosiy diqqatga sazovor joylarga yaqinlik
Har bir mehmonxona oziga xos takliflarni taqdim etadi, endi tanlov qilish faqat sizniki. Turlarni Kazunion by Rustar orqali bron qilishingiz mumkin. Har haftada bir martadan Ostona va Olmatidan Air Astana reyslari amalga oshiriladi. 27-dekabrdan boshlab Aktobe, Atirau va Shimkentdan ham yangi parvozlar qo‘shiladi, shuning uchun turlarni hoziroq bron qiling. Biz umid qilamizki, Do‘hadagi dam olishingiz unutilmas bo‘lib, sizga ko‘plab yangi hissiyotlar va taassurotlar ulashadi.